O‘zbekiston Kubogi. “Paxtakor” - “Navbahor”. Prevyu

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 28-08-2024, 16:38
O‘zbekiston kubogi yarim finalidan o‘rin olgan bahsda “Navbahor” safarda “Paxtakor” (Toshkent) mehmoni bo‘ladi.

Mamlakatimizning eng sovrindor klublari qatoridan joy olgan va Superliga (oliy liga)mizning muntazam ishtirokchisi bo‘lgan mazkur jamoalarning O‘zbekiston kubogi tarixidagi natijalariga nazar soladigan bo‘lsak, “Navbahor” billur sovrinni 3 marta – 1992, 1995 hamda 1998 yillarda qo‘lga kiritgan va 1993 hamda 2022 yillari final ishtirokchisiga aylanib, hal qiluvchi bahslarda “Paxtakor” (0:3) va “Nasaf” (1:2) klublariga imkoniyatni boy bergan.

“Paxtakor” esa O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritish bo‘yicha rekordchi hisoblanadi. “Sherlar” 13 marta (!) billur sovrin sohibiga aylanishgan. Poytaxtliklar 1993, 1997, 2001, 2002, 2003, 2004, 2005, 2006, 2007, 2009, 2011, 2019 hamda 2020 yillarda O‘zbekiston kubogini boshlari uzra ko‘tarishgan.

Shuningdek, “Paxtakor” 1996, 2008, 2018 va 2021 yillarda O‘zbekiston kubogining final o‘yinlarida ishtirok etib, raqiblariga imkoniyatni boy bergan.

Ta’kidlash joizki, “Navbahor” hamda “Paxtakor” jamoalari O‘zbekiston kubogi doirasidagi bahslarda o‘zaro 11 marta ro‘baro‘ kelishgan.

Ushbu o‘yinlarning 2 tasida “Navbahor” g‘alaba qozongan bo‘lsa, 3 bellashuvda durang qayd etilgan va 6 ta bahsda “Paxtakor” zafar quchgan. To‘plar nisbatidagi ustunlik ham toshkentliklar tarafida – 24 – 12.
Mazkur jamoalar O‘zbekiston kubogi musobaqasida so‘nggi marta mazkur turnirning chorak finalidan o‘rin olgan bellashuv doirasida 2022 yili o‘zaro ro‘baro‘ kelishgan hamda Namangandagi “Markaziy” stadionida namanganliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozonishgandi.
Gollarga “lochinlar”dan Jamshid Iskanderov (17-pen., 51-pen.,), “sherlar”dan esa Shahzod Azmiddinov (14) mualliflik qilishgandi.
O‘zbekiston kubogi doirasidagi barcha uchrashuvlar natijalari:
1993 yil. Final

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati