Anchelotti: Har mavsumning o‘ziga xos qiyinchiliklari bor

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 28-08-2024, 16:10
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti bo‘lajak mavsum haqida gapirdi.

Italiyalik mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, u yangi sinovlarni kutmoqda.

"Har mavsumning o‘ziga xos qiyinchiliklari bor. O‘tgan mavsumda biz ko‘pincha so‘nggi daqiqalarda g‘alaba qozonganmiz. Jamoangiz har yili qiyinchiliklarga duch kelishi normal holat. Bizda juda ko‘p resurslar bor va biz tarkibni rotasiya qilishga intilamiz. Chempionlar ligasi boshlanganda taqvim yanada gavjum bo‘ladi. Biz buni hisobga olishimiz kerak", - dedi Anchelotti matbuot anjumanida jurnalistlarga.

"Real" La Ligadagi navbatdagi o‘yinini 30 avgust, payshanba kuni mehmonda "Las-Palmas”ga qarshi o‘tkazadi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati