Sautgeyt: Palmer haftaning ko‘p qismini o‘tkazib yubordi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 28-03-2024, 22:04
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garret Sautgeyt "Chelsi" futbolchisi Koul Palmerning Belgiya (2:2) va Braziliya (0:1) bilan o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushmaganiga izoh berdi.

"Jamoa tarkibini e’lon qilganimda, ayrim pozisiyalarda jiddiy raqobat borligini aytdim.

Koul Palmer juda ko‘p mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuborgani uchun uni Belgiyaga qarshi o‘yinga kirita olmaganimiz biroz noqulay. Koul haftaning ko‘p qismini o‘tkazib yubordi.

Biz uning qanday o‘ynashiga 100 foiz ishonchimiz komil emas edi, holbuki biz Gordon va Meddisondan nima kutishni bilardik. Men Koulni bu raqobatdan chiqarmagan bo‘lardim" - dedi Sautgeyt.

Joriy mavsumda 21 yoshli Palmer 37 ta o‘yin o‘tkazib, 16 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati