Olmo Barselonadagi debyuti haqida fikr bildirdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 0
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 28-08-2024, 14:34
Ispaniyalik yarim himoyachi Dani Olmo Kataloniyaning "Barselona" jamoasidagi debyuti haqida gapirdi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 27 avgust kuni Ispaniya chempionati 3-turidan o‘rin olgan "Rayo Valyekano"ga (2:1) qarshi o‘yinda Yevropa chempioni zaxiradan maydonga tushib, g‘alaba to‘pini kiritgandi.

"Men debyut qilishni juda xohlardim. Va men buni taqqoslab bo‘lmas darajada qildim. Men o‘zimni juda yaxshi his qildim va jamoaga ular bir necha yillardan beri g‘alaba qozona olmagan maydonda yordam berganimdan so‘ng uyga baxtli qaytyapman", - deya Olmoning so‘zlaridan iqtibos keltiradi "Barselona" matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, 26 yoshli futbolchi ushbu transfer oynasida "Barselona" bilan 2029 yilning yoziga qadar shartnoma imzolagan edi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati