«Qariqiz» filmining katta premyerasi bo‘lib o‘tdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 6
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 28-08-2024, 14:30
Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan «Qariqiz» filmi 27 avgust kuni Milliy kino san’ati saroyida premyera qilindi.

Film hayotda o‘z yo‘lini izlayotgan bo‘lajak shifokorning hayotiy sinovlari haqida hikoya qiladi. Bosh qahramon turmushga chiqish va o‘qishni davom ettirish orasidagi muhim tanlovni amalga oshiradi va bu tanlov o‘zini oqlaydi.



Filmda bosh rolni Aysanem Yusupova o‘ynagan, shuningdek, Saida Rametova, Mashhura Zulfiqorova, Tolib Mo‘minov, Otabek Haqberdiyev, Behruz Toxirov, Saida Saidbekova kabi aktyor va aktrisalar rol ijro qilgan.



Mazkur kartina Kinematografiya agentligi hamda Toshkent viloyati hokimligi hamkorligida suratga olingan. Ssenariy muallifi va prodyuser Nilufar Xudoyberdiyeva, rejissyor Ilhom Muhammadibrohimov, operator Muzaffar Yusupov hisoblanadi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati