Mustaqillik bayrami munosabati 1 sentyabr kuniga qadar pensiya to‘lovlari oldindan to‘lab beriladi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 2
- Формат: mp4
- Дата релиза: 28-08-2024, 13:38
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan 1-3 sentyabr dam olish kunlariga to‘g‘ri kelmoqda.
???? Yurtimizdagi keksa yoshdagi fuqarolarni, pensiya oluvchilarni, nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda bayramni ko‘tarinki ruhda kutib olishlarini ta’minlash maqsadida, pensiya to‘lovlarini bank plastik kartada oluvchi fuqarolarning joriy yil sentyabr oyi uchun pensiya to‘lovlari 1 sentyabr kuniga qadar ularning bank plastik kartalariga o‘tkazib beriladi.
✅ Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida"gi Farmoni (PF-108-son) ga muvofiq joriy yil sentyabr oyi pensiyalar miqdori 15 foizga oshirilgan holatda pensionerlarga to‘lanishi ta’minlanadi.
???? Naqd pul shaklida pensiya oluvchilarga to‘lovlar 4 sentyabr kunidan boshlab Xalq banki sayyor kassalari tomonidan grafikka muvofiq amalga oshiriladi.
Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi barcha yurtdoshlarimizni yaqinlashib kelayotgan Mustaqillik bayrami bilan tabriklaydi!