Perudagi JCH hamyurtlarimiz uchun qanday boshlandi?

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 28-08-2024, 12:22
Peruda yengil atletika bo‘yicha U20 yosh toifasidagi jahon chempionatining dastlabki kuni ortda qoldi. Ma’lum qilganimizdek, unda hamyurtimiz Dilshoda Usmonova 3000 metrga stipl-chez yugurish dasturida saralash bahsini o‘tkazdi.

2-guruhda ishtirok etgan Usmonova 10:26.94 daqiqa bilan mavsumdagi eng yaxshi natijasini qayd etdi. Afsuski, Usmonova bu ko‘rsatkich bilan to‘qqizinchi bo‘ldi va unga final dasturiga yo‘llanma olish uchun 1 pog‘ona yetmay qoldi.

Bugun atletlarimizdan Jonbibi Hukmova 400 metrga yugurish, Sharifa Davronova hamda Xushnoza Shavkatova uch hatlab sakrash dasturida final yo‘llanmasi uchun startga chiqishadi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati