2018 yilda Makron Durovga Telegram shtab-kvartirasini Parijga ko‘chirishni taklif qilgan edi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 28-08-2024, 12:10
Bir yil avval Fransiya va BAA razvedka xizmatlari tadbirkorning telefonini buzib kirishgan — The Wall Street Journal.

WSJ nashrining yozishicha, 2018 yilda Pavel Durov Fransiya prezidenti bilan tushlik qilgan. Makron Durovga nafaqat Telegram ofisini Parijga ko‘chirishni taklif qilgan, balki unga Fransiya fuqaroligini berish imkoniyatini ham muhokama qilgan, lekin Durov rad javobini bergan. (Durov Fransiya fuqaroligini 2021 yilda juda kam qo‘llaniladigan tartib orqali olgan)

Nashrning qayd etishicha, ushbu uchrashuvdan bir yil oldin, Fransiya va Birlashgan Arab Amirliklari razvedka xizmatlari qo‘shma operasiya davomida Durovning telefonidagi ma’lumotlarni olishga urunishgan. Nashrning yozishicha, razvedka xizmatlari "Islomiy davlat" Telegram orqali jangarilarni yollash va teraktlar rejalashtirayotganidan nihoyatda xavotirda edi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati