Jizzax politexnika instituti qoshidagi akademik liseyiga nisbatan ish qo‘zg‘atildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 28-08-2024, 12:02
Raqobat qo‘mitasi tomonidan Jizzax politexnika instituti qoshidagi akademik liseyi amalga oshirgan davlat xaridlarida qonun buzilish holatlari aniqlandi.

Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Raqobat qo‘mitasining Jizzax viloyat hududiy boshqarmasiga "JOMBOY PARXEZ TAOM" MCHJning murojaati asosida Jizzax politexnika instituti qoshidagi akademik liseyi amalga oshirgan davlat xaridlari qonuniyligi yuzasidan o‘rganish ishlari o‘tkazildi.

Olib borilgan o‘rganishlarda buyurtmachi tomonidan "etender,uzex,uz" elektron tizimida umumiy qiymati 1 mlrd so‘mga yaqin bo‘lgan tayyor issiq ovqat bo‘yicha autsorsing xizmatini ko‘rsatish uchun amalga oshirilgan davlat xaridlarida savdolarni o‘tkazishning qonunchilikda belgilangan tartibini buzish holatlari aniqlandi.

Yuqoridagilarga ko‘ra, Qo‘mita maxsus komissiyasi tomonidan "Raqobat to‘g‘risida"gi Qonunining 29-moddasi talablarini buzish alomatlari bilan buyurtmachi tashkilotga (Jizzax politexnika instituti qoshidagi akademik liseyi) nisbatan ish qo‘zg‘atilib, qonun buzilish holatlarini bartaraf etish, kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ko‘rsatma berildi va mas’ullarga tegishli choralar ko‘rildi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati