Liverpul hujumchisi Darvin Nunyesga APLning boshqa grandi qiziqish bildirmoqda

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 28-08-2024, 11:44
"Liverpul" hujumchisi Darvin Nunyes Angliya Premyer-ligasining boshqa top-klubiga o‘tishi mumkin. Fichajes xabariga ko‘ra, urugvaylik forvardning transferiga Londonning "Arsenal" klubi qiziqmoqda.

Darvin ispaniyalik murabbiy Mikel Arteta qo‘l ostida o‘ynash uchun Angliya poytaxtiga ko‘chib o‘tishga rozi bo‘lishi mumkin. Mersisaydliklar, o‘z navbatida, futbolchini sotish bo‘yicha taklifni ko‘rib chiqishga tayyor.

Angliya Premyer-ligasining o‘tgan mavsumida Darvin 36 ta o‘yinda ishtirok etdi. 25 yoshli to‘purar 11 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati