Florentino Peres Realga yangi darvozabon topib qo‘ydi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 28-08-2024, 11:40
"Valyadolid" darvozaboni Karl Xeyn "Real"ga o‘tishi mumkin. "Qirollik" klubi rahbari Florentino Peres klub rahbariyati bilan bog‘lanib, 22 yoshli futbolchining ehtimoliy transferini muhokama qildi.

Eslatib o‘tamiz, Xeyn “Valyadolid” safida ijara asosida to‘p tepadi. To‘liq shartnoma Londonning "Arsenal" klubiga tegishli. Tomonlar o‘rtasidagi ijara shartnomasi kelasi yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Futbolchining transfer qiymati ikki million yevroga baholanmoqda.

Ispaniya chempionatining joriy mavsumida Xeyn ikkita o‘yin o‘tkazdi. Estoniyalik darvozabon uchta gol o‘tkazib yubordi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati