O‘zbekiston delegasiyasi rasmiylari Paralimpiya shaharchasiga tashrif buyurdi
- Жанр: Futbol yangiliklari
- Смотрели: 2
- Формат: mp4
- Дата релиза: 28-08-2024, 11:30
Dastlab, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi – Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi vise-prezidenti Muxtorxon Toshxo‘jayev va Sport vaziri o‘rinbosari Murod Ismoilov boshchiligidagi mas’ullar ishtirokida shaharchadagi O‘zbekiston delegasiyasining tezkor shtabida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda har bir mutaxassisga o‘ziga yuklatilgan vazifalarni yuqori darajada bajarish, yurtimiz para atletlari uchun barcha sharoitlarni yaratib berish borasida tegishli ko‘rsatmalar berildi. So‘ngra, bo‘lajak o‘yinlar oldidan duoga qo‘l ochib, matonatli para sportchilarimizga omad va muvaffaqiyatlar tiladi.
Shundan so‘ng mutasaddilar delegasiyamiz uchun ajratilgan xonalar, tibbiyot bo‘limi va sportchilarning ovqatlanishlari uchun yaratib berilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.