Tennischimiz «Rafa Nadal Open by Movistar» turnirining chorak finaliga chiqdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 28-08-2024, 11:28
Ispaniyaning Malyorka shahrida tennis bo‘yicha «Chellenjer» turkumiga kiruvchi «Rafa Nadal Open by Movistar» turnirining saralash bahslaridan hamyurtimiz Humoyun Sultonov muvaffaqiyatli o‘tdi.

Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi saralashning final uchrashuvida fransiyalik Sasha Geymar Vayenburgni har ikkala setda bir xil 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Shu tariqa, Humoyun Sultonov asosiy to‘r bahslarining birinchi davrasida yana bir fransiyalik raketka ustasi Roben Bertran bilan kuch sinashadigan bo‘ldi.

Shuningdek, H.Sultonov «Rafa Nadal Open by Movistar» turnirning juftlik bahslarida chexiyalik Marek Gengel bilan tandemda AQSH vakillari aka-uka Jek va Jeymi Vans ustidan 6:1, 6:4 hisobida zafar quchdi va chorak finalga yo‘l oldi. Endi Humoyun va Marek yarim final yo‘llanmasi uchun Buyuk Britaniya sharafini himoya qilayotgan Markus Uillis hamda Charlz Brum dueti bilan raqobatlashadi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati