• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Fuqarolarning familiya yoki ismlarini o‘zgartirishlari uchun qanday hujjatlar kerak bo‘ladi?

Fuqarolarning familiya yoki ismlarini o‘zgartirishlari uchun qanday hujjatlar kerak bo‘ladi?

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 28-08-2024, 10:48
Fuqarolar familiya, ismlarini o‘zgartirmoqchi bo‘lib, FHDYo bo‘limlariga juda ko‘p murojaat qiladilar.

O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 226-moddasiga asosan familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish haqidagi arizalar ariza beruvchi 16 yoshga to‘lgandan keyin u yashab turgan joydagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan ko‘rib chiqiladi.



Xo‘sh, fuqarolar familiya, ismlarini o‘zgartirmoqchi bo‘lsalar ularga qanday hujjatlar kerak bo‘ladi?

Toshkent davlat yuridik universiteti Yuridik klinikasi xodimi Javohir Eshonqulov bu bo‘yicha tushuntirish berdi:

–Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 20 oktyabrdagi 550-sonli qarori bilan tasdiqlangan 3-ilovasi, ya’ni "Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalari"ga binoan familiya, ism, ota ismini o‘zgartirish to‘g‘risidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi.


Jumladan, ariza beruvchining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi, agar ariza beruvchi nikohda turgan bo‘lsa, u holda nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnomasi, agar nikohdan ajratilgan bo‘lsa nikohdan ajralganlik haqidagi guvohnomasi kerak bo‘ladi.
Agar ariza beruvchining voyaga yetmagan bolalari bo‘lsa, u holda bolalarining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalari, ariza beruvchining pasportidan yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatidan ko‘chirmalar, agar ariza beruvchi voyaga yetmagan yoki sud qarori bilan muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa, u holda ota-onasining yoxud vasiy yoki homiyning arizasi hamda 1 dona (3x4 o‘lchamli) fotosurati zarur bo‘ladi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati