Surxondaryoda fuqaro bir tup terak kesgani uchun 8,5 mln so‘m jarimaga tortildi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 4
- Формат: mp4
- Дата релиза: 28-08-2024, 09:56
Ma’lum qilinishicha, Sho‘rchi tuman Ekologiya bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida fuqaro xonadoni oldida o‘sib turgan o‘suvchanligini yo‘qotmagan bir tup terak daraxtini noqonuniy ravishda kesib olgan.
Aniqlangan holat yuzasidan fuqaro E.A.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismiga asosan BHMning 25 barobari 8 million 500 ming so‘m hisobida ma’muriy jarima belgilandi. Ushbu holat natijasida tabiatga 5 million 440 ming so‘m zarar yetkazilgan.
Shuningdek, fuqaroga kesilgan bir tup daraxt uchun kompensasiya tarzida 10 tup ko‘chat ekish va uni parvarishlash majburiyati yuklatildi.