Qorako‘lda 3 nafar fuqaro 22 tup manzarali daraxtlarni kesib tashladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 28-03-2024, 21:46

Natijada tabiatga 171 mln so‘mdan ortiq zarar yetkazilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda Qorako‘l tuman «Xo‘jalar» MFYda daraxtlarning kesilishi bilan bog‘liq video murojaat tarqaldi. Buxoro viloyati Ekologiya atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi, viloyat Prokuraturasi hamda Qorako‘l tuman IIB bo‘limi bilan hamkorlikda o‘rganish ishlari olib borilgan.

O‘rganish ishlari davomida Qorako‘l tuman “Xo‘jalar" MFY hududidan 3 nafar fuqaro tomonidan 22 tup har xil o‘lchamdagi manzarali daraxtlar kesib tashlanganligi aniqlangan.

Huquqbuzarlikni sodir etgan ushbu fuqarolarga nisbatan MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. "Bundan tashqari, tabiatga yetkazilgan zarar 146 mln 200 ming so‘m hamda 25 mln 500 ming so‘m jarima qo‘llanildi`,- deyiladi xabarda.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati