Ilyos Zeytullayev: Bunday o‘yindan keyin fikr bildirish qiyin

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 28-08-2024, 06:34
Superligada 17-tur yakunlandi. Turning so‘nggi bahsida "Bunyodkor" jamoasi OKMK bilan kuch sinashdi va 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Uchrashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Ilyos Zeytullayev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Bunday bahslardan keyin, fikr bildirish qiyin. Ochiq o‘yin ko‘rdik. Bunday katta jismoniy va ruhiy zarbadan so‘ng futbolchi, murabbiylar va rahbarlarga oson emas. Biz o‘z imkoniyatlarimizdan foydalana olmadik. Bu futbol. Aybni o‘z bo‘ynimga olaman.

Himoyadagi muammolar ancha kamaygani ko‘rindi, ammo hujumda nimadir qo‘shish kerakdek?!

Bunga qadar ham aytgan edim, qaysidir jamoa maydon bo‘ylab ustunlik qilgan bo‘lsa, bu uning o‘yinni boshqarganini anglatmaydi. Bugun uyushqoq, kuchli murabbiy qo‘l ostidagi yaxshi jamoaga qarshi o‘ynadik. Shunga qaramay, bizda imkoniyatlar bo‘ldi. Shunchaki, foydalanishimiz kerak edi. 2-3 gol kiritishga yetarli edi imkoniyat.

Luis Kachorri haqida fikringiz?

U sifatli futbolchi. Ishtiyoq bilan mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda. U ikkinchi marotaba hujumga 15 daqiqa qolganda maydonga chiqdi. Forvard uchun bu vaqt o‘yinga kirishib ketish uchun kamlik qiladi. Shunga qaramay, murabbiy sifatida undan ko‘nglim to‘ldi. Albatta, g‘alaba uchun bundan ko‘proq harakat qilish kerak.
"Metallurg" bilan farq qisqarayotgani havotirga solmayaptimi?
Futbolda ruhiy jihat katta rol o‘ynaydi. Hammasi ko‘rinib turibdi. Agar Namanganda g‘alaba qozonganimizda, bugun qanday kayfiyatda bo‘lishimizni tasavvur qilyapsizmi? Men yigitlar bilan qo‘shilib ezilyapman. Ular juda katta hajmda ish bajarmoqda. Namanganda g‘alaba qozonmaganimiz katta ta’sir qildi. Balki, OKMK ustidan g‘alaba qozonishga harakat qilmaganimizda, durang bilan kifoyalangan bo‘lar edik. Bugungi bir ochko oltinga teng bo‘lar edi. Yigitlarga e’tirozimiz yo‘q. Ular dam olgach, keyingi bellashuvga tayyorgarlik ko‘rishni boshlashadi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati