Rossiya kubogi. Ashurmatov va Rahmonaliyev to‘liq o‘ynagan o‘yinda «Rubin» «Fakel»ni mag‘lub etdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-08-2024, 23:52
«Rubin» Rossiya kubogi guruh bosqichining 3-turi doirasidagi o‘yinda «Fakel»ni safarda mag‘lub etdi – 2:0.

O‘yinning 41-daqiqasida Daniil Kuznesov hisobni ochdi. 84-daqiqada Dardan Shabanxajay qozonliklarning ikkinchi golini urdi.

Voronejdagi stadiondagi o‘yin boshida "svet" to‘satdan o‘chib qoldi, biroq bir necha soniyadan so‘ng muammolar bartaraf etildi.

«Rubin» safida ikki nafar hamyurtimiz Rustam Ashurmatov va Umarali Rahmonaliyev asosiy tarkibda maydonga tushib, to‘liq 90 daqiqa harakat qilishdi.

«Rubin» 6 ochko bilan «D» guruhida ikkinchi o‘rinni egalladi va «Fakel» uch o‘yinda birorta ham ochko ololmadi va turnir jadvalida oxirgi o‘rinda qoldi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati