«Napoli» Osimxen uchun o‘zi istagancha pul ololmaydi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-08-2024, 23:34
«PSJ» va «Chelsi» transfer oynasi yopilgunga qadar Viktor Osimxen uchun kurashadi.

Yozning so‘nggi kunlarida parijliklar klubi 25 yoshli hujumchi uchun «Napoli»ga 50-60 million yevro taklif qilishi mumkin, deya xabar beradi jurnalist Janluka Di Marsio. «PSJ» Gonsalu Ramush jarohat olgani uchun yangi hujumchi sotib olmoqchi.

Osimxenning transferi uchun «Chelsi» ham da’vogarlik qilmoqda. Londonliklar yaqin soatlarda rasmiy taklif bilan chiqishmoqchi.

Qayd etilishicha, «Al-Ahli» nigeriyalik uchun 70 million yevro taklif qilgan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati