Depay La Ligaga qaytishi mumkin

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-08-2024, 22:14
Memfis Depay faoliyatini «Rayo Valyekano»da davom ettirishi mumkin.

Klub prezidenti Martin Presa 30 yoshli forvard bilan shartnoma imzolashdan manfaatdor va bu transferni amalga oshirishga imkon beruvchi moliyaviy vositalarni qidirmoqda. Raul de Tomas jamoani tark etishi ehtimoldan xoli emas - bu maosh ro‘yxatidan 5,5 million yevroga yaqin mablag‘ni bo‘shatadi. Depay ham xuddi shunday daromad olmoqchi, deb yozadi "Relevo".

Qayd etilishicha, klub de Tomas jamoada qolgan taqdirda ham niderlandiyalik futbolchini qo‘lga kiritish g‘oyasidan voz kechmaydi.

«Atletiko»dan ketganidan keyin erkin agent bo‘lgan futbolchiga «Flamengo» ham qiziqish bildirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kecha «Rayo Valyekano» Xames Rodriges bilan shartnoma imzolaganini e’lon qilgan edi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati