Arsenal sport direktori: Merino tarkibimizni kuchaytiradi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-08-2024, 22:04
Londonning "Arsenal" klubi sport direktori Edu Gaspar "kanonirlar"ning so‘nggi transferi haqida fikr bildirdi.

London klubi safiga "Real Sosyedad" jamoasi yarim himoyachisi Mikel Merino qo‘shildi.

"Biz Mikel Merino transferini yakunlaganimizdan juda mamnunmiz. Yozda bir qator klublar tomonidan qiziqish uyg‘otgan futbolchining transferini yakunlash klubdagi ko‘pchilikning yana bir ajoyib jamoaviy sa’y-harakatlari bo‘ldi. Mikel bu yozda bizning asosiy maqsadimiz bo‘ldi va biz uni tarkibimizga to‘liq moslasha oladigan o‘yinchi sifatida aniqladik, u tarkibimizni yaxshilaydi" - dedi Gaspar "kanonirlar" matbuot xizmatiga.

Eslatib o‘tamiz, Merino Ispaniya terma jamoasi tarkibida shu yilning yozida Yevropa chempioni bo‘lgandi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati