Energiya tejamkorligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-08-2024, 21:54
Prezident Shavkat Mirziyoyev 27 avgust kuni energiya tejamkorligini ta’minlash, muqobil quvvatlardan foydalanishni kengaytirish masalalari muhokamasi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Mamlakatimizda energiya resurslariga talab yildan yilga oshib bormoqda. Bunga mos ravishda yangi stansiyalar qurilib, manbalar ko‘paytirilmoqda.

Shu bilan birga, joriy yil boshida hududlarda elektr energiyasi va tabiiy gazni tejash bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar belgilangan edi. Davlatimiz rahbarining iyulda Farg‘ona viloyatiga tashrifi chog‘ida ushbu rejani ilmiy asoslangan holda 2 baravar oshirib bajarish yo‘llari ko‘rsatib o‘tildi.

Shundan so‘ng, Farg‘ona politexnika instituti olimlari tomonidan Farg‘ona tumanidagi elektr iste’moli o‘rganildi. Misol uchun, 4,6 ming xonadon va 233 ta tadbirkorga xizmat qiladigan “Log‘on” podstansiyasidagi yillik yo‘qotish 5 million kilovatt soatni tashkil qiladi. Bu – tabiiy yo‘qotish uchun belgilangan me’yordan 1,5 baravar ko‘p.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur podstansiyadan elektr oladigan 113 ta transformatordagi yuklamani teng taqsimlash orqali 765 ming kilovatt soat yo‘qotishning oldini olish mumkin. Eng muhimi, bunga xarajat talab qilinmaydi. Tuman elektr korxonasida boshqaruv to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilsa bo‘ldi.

Yoki suv nasoslariga xizmat ko‘rsatuvchi 44 ta transformatorga reaktiv quvvat batareyalari o‘rnatilsa, yo‘qotish yiliga 1,1 million kilovatt soatga kamayadi, xarajat bir yilda o‘zini oqlaydi.
Umuman, Farg‘ona tumanidagi 14 ta podstansiyada 15,5 million kilovatt soat yoki yiliga o‘rtacha 6 milliard so‘mlik ortiqcha yo‘qotish hisob-kitob qilingan. Ish yuqoridagidek omilkorlik bilan tashkil qilinsa, elektrdan iqtisod qilish rejasini bajarish mumkin.
Mamlakatimiz bo‘yicha 1 ming 800 ta shunday podstansiya va 100 mingga yaqin transformator bor. Mutasaddilarga ushbu tajribani boshqa hududlarda ham joriy qilib, energiyani tejash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Qoraqalpog‘istonda gazni tejash bo‘yicha yaxshi natija bor. Hozirgacha 95 mingta xonadondagi eskirgan “gorelka” energiya tejamkoriga almashtirilgani va isitish tizimi izolyasiya qilingani hisobiga, yiliga 145 million kubmetr gaz iqtisod bo‘layapti. Yana 16 ming ehtiyojmand oilaga mahalliy byudjet hisobidan shunday pechlar qo‘yib berish boshlangan. Bu orqali 20 million kubmetr gaz iqtisod qilinib, ehtiyojmand aholi ixtiyorida 12 milliard so‘m qoladi.
Shu tarzda, yurtimizdagi 1 million xonadon isitish tizimini energiya tejamkoriga almashtirish vazifasi qo‘yildi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati