Rossiya kubogi. SSKA «Ahmat»ni ishonchli hisobda yengdi, Fayzullayevdan golli pas berdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-08-2024, 21:48
SSKA Rossiya kubogi guruh bosqichining 3-tur uchrashuvida «Ahmat»ni mag‘lub etdi – 2:0. O‘yin Grozniydagi «Ahmat Arena» stadionida bo‘lib o‘tdi.

"Harbiylar"ning ushbu uchrashuvdagi ilk gol muallifi 87-daqiqada gol urgan Tamerlan Musayev bo‘ldi. 90+7-daqiqada Danil Krugovoy mehmonlar ustunligini oshirdi. Ushbu golga hamyurtimiz Abbosbek Fayzullayev golli uzatma berdi.

Bu o‘yindan so‘ng SSKA 5 ochko bilan «C» guruhida 2-o‘rinni egalladi. Peshqadam «Krasnodar» hisobida 6 ochko bor.

Ahmat – SSKA 0:2 (0:0, 0:2)

27 avgust, 19:15, «Axmat-Arena»

Gollar: 0:1 – 87 Musayev, 0:2 – 90+7 Krugovoy.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati