Ronaldu yana Zidan qo‘l ostida to‘p tepmoqchi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-08-2024, 20:12
«An-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya klubi rahbariyatiga Zinedin Zidanni jamoa bosh murabbiyi etib tayinlash iltimosi bilan murojaat qildi, deb xabar beradi "Diario Sport".

Manbaning qayd etishicha, futbolchi jamoada bosh murabbiy bilan muammolar bor deb hisoblamoqda. Uning fikricha, bu lavozimga eng yaxshi nomzod Zidan bo‘ladi, uning rahbarligida «Real»da ketma-ket uch marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqqandi.

Ayni damda «An-Nasr»ni 62 yoshli portugaliyalik mutaxassis Luish Kashtru boshqarmoqda. Jamoa yangi mavsum boshida Superkubok bahsida «Al-Hilol»ga yirik hisobda yutqazdi (1:4), Saudiya Arabistoni chempionatining 1-turida «Ar-Raed» bilan durang o‘ynadi (1:1).








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati