Putin Rossiyaning g‘alabasi shartini aytdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-08-2024, 19:32
Barqaror iqtisodiy o‘sish Rossiyaning Ukrainadagi urushini muvaffaqiyatli yakunlash shartidir, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya Federasiyasi Vazirlar Mahkamasi va Markaziy banki xodimlari bilan uchrashuvda.

“Rejalarimizni amalga oshirishda biz, birinchi navbatda, iqtisodiyotdagi ishlarning holatiga tayanamiz", - deya Putinning so‘zlarini keltirmoqda Kreml matbuot xizmati.

Rossiya Federasiyasi prezidentining so‘zlariga ko‘ra, hozir Rossiya iqtisodiyoti "yaxshi sur’atlarda o‘sishda davom etmoqda". Olti oy ichida yalpi ichki mahsulot 4,6 foizga, sanoat ishlab chiqarishi 4,4 foizga, harbiy-sanoat kompleksini o‘z ichiga olgan ishlab chiqarish sanoati 8 foizga o‘sdi, dedi u Rosstat statistik ma’lumotlariga asoslanib.

Budjet daromadlari uchdan biridan ko‘proqqa oshdi, «korxonalar va ishchi kuchi barqaror va ritmik ishlamoqda», dedi Putin va «real sektorda ijobiy tendensiyalarni kuchaytirish» va mamlakatning «infratuzilmaviy bazasini» mustahkamlash zarurligini aytdi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati