BMT Rossiyaga: «Urushda ham qoidalar bor»

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-08-2024, 18:48
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ukrainadagi koordinatori Matias Shmale 26 avgust, dushanba kuni Rossiyaning Ukrainaga uyushtirgan ommaviy hujumini qoraladi.

Shmalening aytishicha, u ertalab Rossiya kuchlarining Ukraina bo‘ylab tinch aholini o‘ldirgan va yaralagan hamda fuqarolik infratuzilmasiga katta zarar yetkazgan hujumlari to‘lqini fonida bir necha soat yashiringan.

«Bu mamlakat fuqarolari o‘z hayotlarini davom ettirish o‘rniga, metro stansiyalari va boshqa boshpanalardan najot izlashga majbur bo‘lishlari qabul qilinishi mumkin emas. Hatto urushda ham qoidalar mavjud. Xalqaro gumanitar huquq hurmat qilinishi kerak. Tinch aholini himoya qilish kerak», - deya ta’kidladi BMT gumanitar koordinatori.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati