Fransiyada qamoqqa olingan Durov qanday yashayotgani taxmin qilindi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 2
- Формат: mp4
- Дата релиза: 27-08-2024, 18:30
Durov 24 avgust kuni Parij aeroportida qo‘lga olingan edi. Fransiya rasmiylari uni 12 modda bo‘yicha ochilgan ish doirasida so‘roq qilishgan. Ish, boshqa narsalar qatorida, giyohvand moddalarni tarqatishda ishtirok etish, shuningdek, hokimiyatning iltimosiga binoan ma’lumotlarni oshkor qilishni rad etish bilan bog‘liq. Durovga hali ayblov qo‘yilmagan. U so‘roq qilingan ish bo‘yicha aniq ayblanuvchilar yo‘q.
Telegram asoschisi hozir qayerda ekanligi noma’lum. Chet eldagi rossiyaliklarni qo‘llab-quvvatlash markazi vise-prezidenti lavozimini egallab turgan Melnikovning fikricha, Durovni izolyatorga yuborish mumkin edi.
Huquq himoyachisi Durovning "hamma narsasi" bo‘lgan, ehtimol muzlatgich va dush bo‘lgan kichik bir kishilik kamerada ekanligini ma’lum bo‘ldi. Melnikovning qo‘shimcha qilishicha, hibsga olingan shaxs bunday kamerada juda uzoq vaqt saqlanishi mumkin.
Huquq himoyachisi Fransiyada hibsga olinganlar ayrim mahsulotlarni maxsus do‘kondan xarid qilishlari mumkinligini ta’kidladi. Shuningdek, ular Internetga ulanmagan kompyuter sotib olishlari mumkin.