Zelenskiy Rossiyaga javobini e’lon qildi: «Biz F-16'ni tayyorlayapmiz»
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 3
- Формат: mp4
- Дата релиза: 27-08-2024, 18:14
“Rossiyaning raketa hujumiga munosabatimizga kelsak, biz F-16 dan foydalanish va Kursk viloyatidagi operasiya uchun tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz", — dedi Zelenskiy kechki nutqida.
Ukrainaning javob choralariga tayyorlanayotgani haqida mudofaa vaziri Rustem Umerov Facebook’da ma’lum qildi.
«Bu kecha Rossiya yana bizning shaharlarga zarba berdi.Tinch aholi jabrlandi, uylar vayron bo‘ldi, muhim infratuzilmaga zarar yetdi», — dedi ukraina vaziri.
Umerovning aytishicha, «bu g‘alaba qozonish uchun bizga uzoq masofali imkoniyatlar va dushman harbiy nishonlariga zarba berish bo‘yicha cheklovlarni olib tashlash zarurligini yana bir bor isbotlaydi».
«Ukraina o‘z javoblarini tayyorlamoqda», - deya ta’kidladi Mudofaa vazirligi rahbari.