Fuqarolik jamiyati institutlariga 10 ga yaqin qo‘shimcha imtiyozlar beriladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-08-2024, 17:46
Adliya vazirligida Prezidentimizning «Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka tushuntirish maqsadida matbuot anjumani tashkil etildi.



Unda Adliya vazirligi, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assosiasiyasi rahbariyati va boshqa NNT vakillari ishtirok etib, jurnalist va blogerlarning savollariga javob berdi. Jarayonlar ancha qizg‘in o‘tdi, nafaqat vazirlik mas’ullari o‘z fikrlarini ilgari surdi balki, ikki qismda tashkil etilgan matbuot anjumani anchagina muhokamalarga boy bo‘ldi.

Ta’kidlangandek, O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarining davlat va jamiyat boshqaruvida faol ishtirok etishi uchun zarur tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratildi, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari takomillashtirildi. Xususan, yangi tahrirdagi Konstitusiyaga fuqarolik jamiyati institutlariga bag‘ishlangan alohida bob kiritildi, ular konstitusiyaviy institut sifatida e’tirof etildi, 2021 — 2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilindi.



Parlament hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari huzurida jamoat fondlari tuzilgan. Jumladan, fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash uchun Davlat byudjetidan so‘nggi yetti yilda 718 milliard so‘m ajratildi (2008 — 2016 yillarga solishtirganda 12 barobar ko‘p). Keyingi 3 yilda hududiy fondlar orqali 83 milliard so‘mlik 1600 ta loyiha amalga oshirildi.
Shuningdek, Nogironlar jamiyati, Karlar jamiyati, Ko‘zi ojizlar jamiyati, Nogironlar assosiasiyasi, ularning 500 ga yaqin tizim tashkilotlari to‘liq davlat homiyligiga olindi. So‘nggi 7 yilda har bir hududda «Nodavlat notijorat tashkilotlar uylari» tashkil etildi (350 ta NNT bepul joylashtirildi).

Muhim o‘zgarishlar qatorida — nodavlat notijorat tashkilotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish bojlari o‘rtacha ikki barobarga pasaytirildi. Natijada fuqarolar huquqini, demokratik qadriyatlarni himoya qilish, ta’lim, tibbiyot, madaniyat va boshqa sohalarda qariyb 10 mingta nodavlat notijorat tashkilotlar erkin faoliyat yuritmoqda, ularda 70 mingga yaqin insonlar mehnat qilmoqda.
Yuqoridagi Farmon islohotlarning uzviy davomini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning shaffof va sog‘lom raqobat tamoyiliga asoslangan tizimini, shuningdek, ijtimoiy foydali dasturlar samaradorligini oshirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratadi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati