Shifokorlar haqida hikoya qiluvchi «Qariqiz» filmi premyera qilinadi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-08-2024, 12:24
Filmning katta premyerasi 27 avgust kuni soat 18:00 da Milliy kino san’ati saroyida bo‘lib o‘tadi.

Mazkur kartina Kinematografiya agentligi hamda Toshkent viloyati hokimligi hamkorligida suratga olingan. Ssenariy muallifi va prodyuser Nilufar Xudoyberdiyeva, rejissyor Ilhom Muhammadibrohimov, operator Muzaffar Yusupov.

Film hayotda o‘z yo‘lini izlayotgan bo‘lajak shifokorning hayotiy sinovlari haqida hikoya qiladi. Bosh qahramon turmushga chiqish va o‘qishni davom ettirish orasidagi muhim tanlovni amalga oshiradi va bu tanlov o‘zini oqlaydi.

Film bosh rolda Aysanem Yusupova, shuningdek, Saida Rametova, Mashhura Zulfiqorova, Tolib Mo‘minov, Otabek Haqberdiyev, Behruz Toxirov, Saida Saidbekova kabi aktyor va aktrisalar rol ijro qilgan.

Ma’lumot uchun, 26 avgust kuni Renessans kino uyida Last Media studiyasi tomonidan shifokorlar hayoti haqida hikoya qiluvchi «Qariqiz» filmining yopiq namoyish o‘tkazildi. «Qariqiz» filmining qator epizodlari Turkiyada suratga olingan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati