• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Futzal bo‘yicha Jahon Chempionati 2024ning O‘zbekistonda respublika bo‘ylab «Trophy tour»i o‘z nihoyasiga yetdi!

Futzal bo‘yicha Jahon Chempionati 2024ning O‘zbekistonda respublika bo‘ylab «Trophy tour»i o‘z nihoyasiga yetdi!

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-08-2024, 12:02
13 ta shahar, 16 ta tadbir, yuzlab tashrif buyuruvchilar va minglab fotosuratlar - Futzal bo‘yicha Jahon Chempionati 2024 O‘zbekiston «Trophy tour» yakunlandi.

10 avgustdan 24 avgustgacha, Markaziy Osiyoda birinchi bor o‘tkazilayotgan musobaqaning asosiy sovrini, FIFA homiyligi ostida respublikaning 13 ta viloyat markazlarida namoyish qilindi. Tadbir musobaqaga mezbonlik qiladigan shaharlardan biri Andijondan boshlandi va vodiy, mamlakatning shimoli-g‘arbidagi Nukus va boshqa shaharlar bo‘ylab davom etdi.

Kubok ko‘rgazmasiga qo‘shimcha tarzda, Toshkent, Buxoro vaAndijon shaharlarida sport maktablaridan minglab bolalar, shu o‘rinda kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning ham bolalari ishtirok etgan festivallar o‘tkazildi.

Yaqinlashib kelayotgan musobaqa bag‘ishlangan tadbirlar haqiqiy bayramga aylandi – har kecha barcha yoshdagi sport muxlislari shaharlarning asosiy maydonlarida to‘plandilar. Yoshidan, jinsidan va sport bilan tayyorgarlik darajasidan qat’iy nazar tadbir mehmonlari ma’mnun tarzda musobaqalar, yutuqli o‘yinlar va savol-javoblarda ishtirok etdilar va bo‘lajak chempionlarning onalari va buvilari to‘pni moxirlik bilan o‘ynatgan holda o‘zlarining dribbling mahoratlarini namoyish etdilar.

Tadbir doirasida, muxlislar tomonidan birinchi ko‘rinishidayoq iliq kutib olingan musobaqaning rasmiy timsoli Xon ommaga tanishtirildi. Umumiy hisobda, tadbir doirasida O‘zbekiston bo‘ylab minglab odamlar qatnashdi. Tadbir, bosh sovrin 14 sentyabrda start oluvchi musobaqa boshlangunga qadar qoladigan Toshkent shahrida katta miqyosdagi bayram bilan tugadi. Chiptalarni www.futsal2024.uz havolasi orqali sotib olishingiz mumkin. Futzal bo‘yicha Jahon Chempionati 2024 «Trophy tour»idagi barcha tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi va O‘zbekiston Futbol Assosiasiyasi ko‘magida amalga oshirildi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati