Xorijiy davlatlarda saylov uchastkalari tuzildi – MSK

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-08-2024, 11:46
Markaziy saylov komissiyasining joriy yil 26 avgust kuni bo‘lib o‘tgan majlisida O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida saylov uchastkalarini tuzishga oid masala ko‘rib chiqildi.

Saylov kodeksiga muvofiq, partiya ro‘yxati asosida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining yagona saylov okrugi bo‘yicha saylovini o‘tkazish uchun Tashqi ishlar vazirligining taqdimnomasiga binoan O‘zbekistonning chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida saylov uchastkalari tuzildi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining 39 ta chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida 56 ta saylov uchastkalari tuzilishi belgilandi.

O‘zbekistonda bo‘lajak parlament saylovlari uchun Rossiyada 7 ta saylov uchastkasi ochiladi. Qozog‘iston va Xitoyda 3 tadan, Qirg‘iziston, BAA, Saudiya Arabistoni, Turkiya, Germaniya va AQShda esa 2 tadan.

Shuningdek, Belarus, Ozarbayjon, Tojikiston, Turkmaniston, Eron, Afg‘oniston, Pokiston, Kuvayt, Malayziya, Misr, Ummon, Tailand, Hindiston, Vengriya va boshqa mamlakatlarda bittadan saylov uchastkasi ochiladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzuridagi saylov uchastkalari Toshkent shahri hududiga biriktirildi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati