Toshkentda yo‘lovchilar metroning oynasini ochish vaqtida sindirib qo‘ydi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 2
- Формат: mp4
- Дата релиза: 27-08-2024, 11:24
Ushbu holat yuzasidan "Toshkent metropoliteni" DUK rasmiy munosabat bildirdi.
Ushbu holat joriy yilning 4 iyul sanasida sodir etilgan bo‘lib, 4006-sonli metro vagonining tirqichi yo‘lovchilar tomonidan ehtiyotsiz harakat bilan ochilgan va natijada tirqich sinib ketgan. Ushbu holatdan poyezd mashinisti xabar topgach, belgilangan yo‘riqnomaga asosan harakat tarkibi elektrodepoga olib kirilgan va ushbu kamchilik bartaraf etilgan.
"Shu o‘rinda, yo‘lovchilardan metro xizmatidan foydalanish vaqtida ehtiyotkor bo‘lishlarini hamda metro mulkiga zarar yetkazmasliklarini so‘raymiz", - deyiladi xabarda.