Kreativ iqtisodiyot bo‘yicha IV Butunjahon anjumani Toshkentda o‘tkaziladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-08-2024, 11:10
“Kreativ iqtisodiyot bo‘yicha IV Butunjahon anjumanining Toshkent shahrida o‘tkazilishiga tayyorgarlik ko‘rishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-301-son, 23.08.2024 y.) qabul qilindi

Qarorga ko‘ra, 2024 yil 2–4 oktyabr kunlari Toshkent shahrida Kreativ iqtisodiyot bo‘yicha IV Butunjahon anjumani o‘tkaziladi.

Butunjahon anjumaniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tuziladi hamda chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanadi.

O‘zbekistonda 2030 yilgacha kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish konsepsiyasi hamda uni 2025–2026 yillarda amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi loyihasi Butunjahon anjumani yakuni bo‘yicha ishlab chiqiladi.

Butunjahon anjumani doirasida Fransuz madaniyat markazi, Milliy restavrasiya markazi loyihalari, shuningdek, Abulqosim madrasasi va “Ohunguzar” madaniy meros ob’ektida kreativ iqtisodiyot klasterlarini yaratish loyihalari taqdimotlari o‘tkaziladi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati