Yaponiyada guruch yetishmasligi tufayli xavotirlar kuchaydi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-08-2024, 10:50
Yaponiyada guruch tanqisligidan xavotir kuchaymoqda. Supermarketlar rastalari talab ortib borayotgani sababli bo‘shab bormoqda, deb xabar beradi Kyodo News.

Meteorologiya departamenti Nankay yorig‘ida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan “megazilzila” haqida ogohlantirganidan so‘ng, ba’zi aholi guruch zaxirasini to‘play boshladi.

Endi bozorga sholining yangi hosili kirib kelmoqda. Qishloq xo‘jaligi vazirligi tanqislik bartaraf etilishiga ishontirib, tinchlanishga chaqirdi.

Tokioda bir ayolni bo‘sh guruch rastalari hayratda qoldirgan bo‘lsa, boshqa uy bekasi dedi: “Guruch asosiy oziq-ovqat, lekin uni sotib olish qiyin. Bu tashvishlidir".

Yirik supermarketlar tarmog‘i Ito-Yokado guruch sotishni har bir xonadonga bitta mahsulot bilan chekladi. Tarmoq vakili yangi hosil paydo bo‘lguncha kutish kerakligini ta’kidladi.

Aomori prefekturasidagi fermerning aytishicha, yuqori harorat sholining o‘sishini tezlashtirmoqda va tayfunlar ta’sirisiz vaziyat yaxshi.
Guruch narxi iyul oyida o‘tgan yilga nisbatan 18,0% ga o‘sdi, bu 20 yildagi eng katta o‘sishdir.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati