• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Andijon shahri Obodonlashtirish boshqarmasiga rahbar bo‘lgan sobiq hokim bir hafta o‘tib ishdan bo‘shadi

Andijon shahri Obodonlashtirish boshqarmasiga rahbar bo‘lgan sobiq hokim bir hafta o‘tib ishdan bo‘shadi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-08-2024, 10:42
17 avgust kuni Andijon shahri Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangan shaharning sobiq hokimi Dilmurod Rahmatullayev o‘z lavozimidan ozod etildi. «Gazeta.uz»ga ushbu ma’lumotni shahar hokimligi matbuot xizmati tasdiqladi.

Ma’lum qilinishicha, Rahmatullayev «sog‘lig‘i tufayli o‘z xohishiga ko‘ra» iste’foga chiqqan. Uni lavozimidan ozod etish haqidagi qaror 24 avgust kuni, tayinlanganidan bir hafta o‘tib imzolangan.

Hokimlik matbuot xizmati ushbu qaror Rahmatullayevning Andijon hokimi sifatidagi faoliyati haqidagi internetdagi muhokamalarga aloqador emasligini bildirdi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati