Raqobat qo‘mitasi sement zavodini 4,9 mlrd so‘m jarimaga tortdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-08-2024, 10:28
Raqobat qo‘mitasi “Shangfeng-Bridge of Friendship” MCHJga nisbatan 4,9 mlrd so‘m miqdorida jarima belgiladi.

Ushbu MCHJga nisbatan boshqa ishlab chiqaruvchilarga nisbatan insofsiz raqobat sodir etganligi yuzasidan ish qo‘zg‘atilgan.

Ishni ko‘rib chiqish natijasida quyidagilar aniqlandi:

- joriy yilning mart-iyul oylarida birja savdolari orqali sotilishi kerak bo‘lgan jami 122,7 ming tn sement mahsuloti belgilangan talablarga zid ravishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida realizasiya qilingan.

Bunda, jami 2,7 ming tn sement mahsuloti o‘rtacha hisoblangan birja kotirovkasidan yuqori narxlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri realizasiya qilinganligi natijasida 81,1 mln so‘m asossiz ravishda daromad olingan va boshqa sement ishlab chiqaruvchilarga nisbatan insofsiz raqobatni sodir etganligi aniqlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan hududiy boshqarma Maxsus komissiyasi tomonidan “Shangfeng-Bridge of Friendship” MCHJga nisbatan raqobatga zid harakatlarni, xususan raqobatchilarga nisbatan insofsiz raqobatni amalga oshirganligi (demping harakatlari) va birja savdolarini o‘tkazish chog‘ida raqobatni cheklaydigan harakatlarni sodir etganligi sababli belgilangan tartibida 4,9 mlrd (to‘rt milliard to‘qqiz yuz million) so‘m miqdorda moliyaviy jarima qo‘llash bo‘yicha qaror qabul qilindi.
Shuningdek, qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.
Shu bilan birgalikda, MCHJ tomonidan yuqori likvidli va monopol turdagi (sement) mahsulotini to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalarga asosan realizasiya qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘ini hisoblash bo‘yicha to‘plangan hujjatlar soliq organiga yuborildi.
Ma’lumot o‘rnida. Maxsus komissiyaning ushbu qaroridan norozi bo‘lgan tomon Qo‘mitaning Apellyasiya kengashiga yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega, deyiladi qo‘mita xabarida.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati