• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Aksiz markasiz tamaki va iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Aksiz markasiz tamaki va iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-08-2024, 10:22
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan Zangiota tumani hududida o‘tkazilgan tadbirda qonunga xilof ravishda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolar N.S. va M.U. xorijda ishlab chiqarilgan jami 2 070 dona elektron tamaki mahsulotini fuqaro A.S.ga 43,1 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, ularning yonidan hech qanday hujjatsiz umumi bahosi 67,2 mln so‘mlik elektron va aksiz markasiz tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olib olingan.

Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi va Mo‘ynoq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan A.K. xaridor D.S.ga aksiz markasiz tamaki mahsulotini sotgan vaqtida ushlanib, undan tegishli hujjatlari bo‘lmagan umumiy bahosi 42 mln so‘mlik jami 2 539 quti tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning G‘uzor tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Xo‘jaguzar” MFY hududidagi oziq-ovqat do‘konida noqonuniy alkogol va tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan D.SH. fuqaro M.B.ga aksiz markasiz tamaki va alkogol mahsulotini sotgan vaqtida ushlanib, ushbu oziq-ovqat do‘konidan 2 312 quti aksiz markasiz tamaki hamda 13 dona iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Departamentning Buxoro shahar bo‘limi tomonidan viloyat YHXB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Navoiy viloyatidan kelgan “Damas” rusumli avtomashina to‘xtatib ko‘zdan kechirilganda, fuqaro A.S. jami 1 005 dona iste’molga yaroqsiz “Russkaya” nomli qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotini o‘tkazish maqsadida ortib ketayotganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati