Ukrainaga qilingan tonggi hujum Rossiyaga qariyb 1,3 milliard dollarga tushdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-08-2024, 09:44

Ukrainadagi "Ekonomicheskaya Pravda" nashri Ukraina qurolli kuchlari havo kuchlarining tonggi hujum haqidagi ma’lumotlarini tahlil qilgan holda, bu hujum Rossiya armiyasiga qanchaga tushishini hisoblab chiqdi. Eng chiqimli hujum X-101 raketalari uchirilishi bo‘ldi. Ukraina harbiylarining ma’lumotlariga ko‘ra, 26-avgust kuni ertalab 77 ta X-101 raketasi uchirilgan. Har birining narxi 13 million dollar bo‘lgan bu raketalar Rossiyaga milliard dollarga tushdi.

Bundan tashqari, "Kalibr" raketalari uchirilishi taxminan 182 million dollarga, X-47M2 "Kinjal" raketalari 30 million dollarga, "Shahed" tipidagi dronlar 21,3 million dollarga, yana "Kinjal" raketalari 18 million dollarga, X-59/X-69 raketalari 5 million dollarga va X-22 raketalari 3 million dollarga tushdi.

Urush sharoitida jangovar tomonlar tarqatayotgan ma’lumotlarni mustaqil manbalar orqali tezda tekshirishning imkoni yo‘qligini yozadi manba.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati