Afg‘oniston hamda O‘zbekiston futbol klublari bellashdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-08-2024, 09:30
Termiz shahridagi «Alpomish» o‘yingohida O‘zbekiston hamda Afg‘oniston davlatlarining futol klublari o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi Termiz shahrida birinchi bor tashkil etildi.

Bahsda Afg‘onistonning «Istiqlol» futbol klubi Surxondaryo viloyatining «Qiziriq» futbol jamoasi bilan ro‘baro‘ keldi. Bahsning dastlabki daqiqalaridan qizil libosda harakat qilgan mehmonlar tezkor hujumlar uyushtirib, mezbon jamoa vakillarini shoshiltirib qo‘ydilar. Biroq «Qiziriq» futbol klubi o‘yinchilari qarshi hujumda ko‘proq tezkor kombinatsiyalarni ishlatib mehmonlar darvozasi oldida xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirdi. Mazkur urunishlar o‘z samarasini berib, uchrashuvning birinchi bo‘limida «Qiziriq» futbol klubi vakillari mehmonlar darvozasiga ikkita to‘p kiritishga muvoffaq bo‘lishdi.

Uchrashuvning ikkinchi bo‘limi ham qiziqarli vaziyatlarga boy tarzda o‘tdi. Har ikki jamoa vakillarini stadionga tashrif buyurgan muxlislar qo‘llab-quvvatlab turishdi. Mehmonlar hisobni o‘zgartirish uchun bor kuch imkoniyatlarini ishga soldilar. Ammo, mustahkam himoyani namoyish etgan «Qiziriq» futbol klubi vakillari har bir nuqtada ustuvor harakat qilib, mehmonlarni hujumini galma-gal qaytarib turishdi. Shunday qilib uchrashuvning ikkinchi bo‘limida hisob o‘zgarmadi. 2-0 hisobida «Qiziriq» futbol klubi jamoasi Afg‘onistonning «Istiqlol» jamoasi ustidan g‘alaba qozondi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati