Istanbuldan Samarqandga uchayotgan samolyot Turkiyada favqulodda qo‘ndi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-08-2024, 05:56
«Qanot Sharq» aviakompaniyasining HH572 reysi bilan Istanbul – Samarqand yo‘nalishida uchgan Airbus A320 uchog‘i (bort raqami UK32031) Turkiya osmonida bortida avariyaviy holat sodir bo‘lgani uchun yo‘lidagi eng yaqin zaxira aeroporti — Amasya viloyatidagi Merzifon aeroportiga qo‘ngan.

“Novosti Tashkentskogo neba” spotterlik kanalining yozishicha, Turkiya osmoni bo‘ylab ekipaj parvoz chog‘ida “7700” javob berish kodini e’lon qilgan. Bu kod samolyot sahnida avariyaviy yoki boshqa shtatli bo‘lmagan vaziyat sodir bo‘lganini anglatadi. Shundan so‘ng samolyot Merzifon aeroporti yo‘nalishida pastlay boshlagan.

Samolyot Istanbul aeroportidan mahalliy vaqt bilan 16:52 da parvoz qilgan. Samarqandga reja bo‘yicha 23:10 da qo‘nishi kutilayotgandi. Xuddi shu samolyot 27 avgust kuni soat 01:10 da Sankt-Peterburgga parvoz qilishi lozim edi. Endi bu reys ham kechiktiriladi.

Aviakompaniya rasmiy saytida insident borasida biror rasmiy xabar berilmagan.

Qayd etib o‘tish kerak, mazkur samolyotning yoshi 17,6 yil bo‘lib, avval Air Berlin Berlin (Germaniya), Belair (Shveysariya), Interjet (Meksika) kabi aviakompaniyalarda parvoz qilgan. 2021 yilning iyunidan “Qanot Sharq” aviakompaniyasi foydalanmoqda.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati