Olis hududlardagi o‘quvchilar uchun bepul maktab avtobuslari yo‘lga qo‘yiladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-08-2024, 04:56
«O‘zbekiston — 2030» strategiyasini «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmonga ko‘ra, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida tajriba-sinov tariqasida umumiy o‘rta ta’lim maktablariga olis hududlardan qatnaydigan o‘quvchilar uchun autsorsing asosida bepul avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilishi belgilangan.

O‘zbekistonning oliy va chekka hududlarda joylashgan 715 ta maktab o‘quvchilari uchun bepul maktab avtobuslar yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda prezident farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan.

Strategiyada ta’lim tizimi islohotlari bo‘yicha yana bir qator maqsadlar qo‘yilgan. Xususan, umumiy o‘rta ta’lim tizimida “Ta’lim uchun qulay muhit” dasturini amalga oshirish maqsadida maktablarni toza ichimlik suvi va zamonaviy sanitariya-gigiyena infratuzilmasi bilan to‘liq ta’minlash rejalashtirilgan.

Umumiy o‘rta ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida 700 ga yaqin nomdagi yangi darsliklar, mashq daftarlari, pedagoglar uchun metodik qo‘llanmalar va mobil ilovalar yaratiladi. Yangi avlod darsliklari asosida planshetlar uchun 1000 ta multimedia dasturlari yaratiladi.

Maktablarga har yili 500 nafar “til egalari” bo‘lgan xorijiy mutaxassislar jalb etiladi. Barcha maktablarda kasb-hunarlarga o‘rgatish kurslari joriy etiladi.

Bundan tashqari prezident maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarning ta’lim metodikasi barcha umumiy ta’lim muassasalari o‘quv jarayonlariga joriy qilinadi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati