• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Dang‘ara tumanida mast fuqaro o‘z xizmat vazifasini bajarayotgan xodimni pichoqlab, o‘ldirib ko‘ydi

Dang‘ara tumanida mast fuqaro o‘z xizmat vazifasini bajarayotgan xodimni pichoqlab, o‘ldirib ko‘ydi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-08-2024, 04:52
Dang‘ara tumanida o‘z xizmat vazifasini bajarayotgan xodim fuqaro tomonidan pichoq bilan hujum qilinishi natijasida vafot etdi.

Joriy yilning 26 avgust kuni soat 20:45larda Dang‘ara tumani IIB profilaktika katta inspektori N.M. o‘z vakolati doirasida muqaddam JKning 276-moddasi 1-qismi bilan sudlanib, soat 18:00dan soat 06:00ga qadar yashash joyini tark etmaslik taqiqi bilan ozodlikni cheklash jazosini o‘tayotgan tumanning Shodlik mahallasida yashovchi fuqaro X.E.ni yashash xonadoniga borib, tekshirgan.

Biroq, fuqaro X.E. xonadonida yo‘qligini, jazoni o‘tash tartibini buzganligini aniqlagan.

Shu vaqtda fuqaro X.E. mast holda yashash xonadoniga tashqaridan kelib, baqir-chaqir qilib, janjal ko‘targan va xonadonda bo‘lgan oshxona pichog‘ini olib chiqib, kutilmaganda N.M.ning ko‘krak qafasiga sanchib, unga og‘ir tan jarohati yetkazgan hamda voqea joyidan qochib yashiringan.

Afsuski, profilaktika inspektori N.M. ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.

Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida X.E. qo‘lga olindi. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati