Putin davlat tashrifi bilan Qozog‘istonga boradi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-08-2024, 04:12
Rossiya prezidenti Vladimir Putin qozog‘istonlik hamkasbi Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti devonxonasi xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, tomonlar Rossiya davlat rahbarining Ostonaga davlat tashrifiga tayyorgarlikni muhokama qilgan.

Suhbat chog‘ida davlat rahbarlari Qozog‘iston-Rossiya hamkorligining bugungi holati va istiqbollari haqida fikr almashgan. Shuningdek, ular avvalroq savdo-iqtisodiy va energetika sohalarida eng yuqori darajada erishilgan kelishuvlarni to‘liq amalga oshirish zarurligi qayd etgan.

O‘z navbatida To‘qayev Putinga Tatariston poytaxtida 2024 yilning 22—24 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan BRIKS sammitiga taklifi uchun minnatdorlik bildirgan.

Putin noyabr oyida Qozog‘istonga davlat tashrifi bilan borishni rejalashtirmoqda. U iyul oyi boshida To‘qayevdan tegishli taklif olgan. Qozog‘iston prezidenti safarni Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXSHT) Oliy kengashi majlisi bilan birlashtirishni taklif qilgan. Putin To‘qayevga taklif uchun minnatdorlik bildirgan va birlashtirish g‘oyasini “oqilona” deb atagan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati