AQSh ma’muriyati Ukraina bilan muzokaralar davom etayotganini tasdiqladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-08-2024, 03:26
AQSh ma’muriyati Ukraina bilan Amerika qurollari yordamida Rossiyaning chuqurroq hududlariga zarbalar berish istiqbollari bo‘yicha muzokaralar davom etayotganini tasdiqladi.

Bu haqda Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi onlayn brifingda ma’lum qildi.

"Bu Ukraina prezidentining yangi xohishi emas. Zelenskiy o‘z xavotirlarini bizga ochiq aytdi va u buni nima uchun qilayotganini yaxshi tushunamiz. Ammo, men avval ham ko‘p marta aytganman, biz Ukraina bilan bu boradagi muzokaralarni davom ettiramiz. Amerika qurollariga oid siyosatimizda yoki ulardan foydalanish to‘g‘risidagi yo‘riqnomada hech qanday o‘zgarishlar yo‘q", — deya aniqlik kiritdi Kirbi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati