Raqobat qo‘mitasi “Nukus xalqaro aeroporti”ga nisbatan ish qo‘zg‘atdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-08-2024, 03:12
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Raqobat qo‘mitasi “Nukus xalqaro aeroporti” MCHJ tomonidan amalga oshirilgan tanlov savdolarida qonun talablariga rioya qilinganligi yuzasidan o‘rganish ishlarini olib borgan.

O‘rganishlar natijasida, mazkur MCHJ Davlat xaridlari portali orqali amalga oshirgan 120 000 000 so‘mlik tanlov savdolarini o‘tkazishda O‘zbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari” va “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunlari talablariga rioya qilmaganligi aniqlangan.

Xabar berilishicha, qo‘mita maxsus komissiyasi tomonidan “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonun hamda Vazirlar Mahkamasining 225-sonli Nizom talablarini buzish alomatlari bilan “Nukus xalqaro aeroporti” MCHJga nisbatan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, natijasi yuzasidan tegishli ta’sir chorasi qo‘llanilgan.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati