4 ta xalqaro aviakompaniya Tel-Avivga parvozlarni to‘xtatdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 5
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-08-2024, 01:42
Isroil shimolidagi vaziyat keskinlashgani munosabati bilan Air France, Birlashgan Arab Amirliklarining Etihad Airways va Gresiyaning Aegean Airlines aviakompaniyalari Tel-Avivga va undan keladigan parvozlarni to‘xtatganini ma’lum qildi, deb xabar beradi BILD.

Avvalroq yana 16 aviakompaniya Isroilga parvozlarni to‘xtatgan edi. Ba’zi aviakompaniyalar parvozlarni dushanbagacha, boshqalari esa keyingi ogohlantirishgacha to‘xtatib qo‘yishlarini e’lon qildilar.

Avval xabar qilinganidek, Germaniyaning Lufthansa aviakompaniyasi Tel-Aviv va Tehronga parvozlarni to‘xtatib turish muddatini 2 sentyabrgacha, Bayrutga esa 30 sentyabrgacha to‘xtatadi.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi kunlarda mojaro yanada kuchaygan. Masalan, kuni kecha Isroil Livan hududiga hujum qilayotgani ma’lum bo‘ldi.

Keyinchalik, Isroil matbuotiga ko‘ra, Hizbulloh Isroil shimoliga 320 ta raketa otgan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati