Makron Pavel Durovning hibsga olinishi haqida gapirdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-08-2024, 20:48
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durovning hibsga olinishi haqida ilk bor gapirdi. Respublika rahbarining ta’kidlashicha, sodir bo‘lgan voqeani siyosiy qaror deb bo‘lmaydi.

«Pavel Durov hibsga olinganidan keyin men Fransiya haqida yetarlicha yolg‘on ma’lumotlarni o‘qib chiqdim (...) Telegram asoschisining Fransiya hududida hibsga olinishi davom etayotgan sud tergovi doirasida sodir bo‘lgan va bu hech qanday siyosiy qaror emas», — dedi Makron.

Bundan tashqari, Makron Fransiya so‘z erkinligi, innovasiyalar va tadbirkorlikka sodiq ekanini va «abadiy shunday bo‘lib qolishini» aytdi. Fransiya prezidenti Durovni hibsga olish bo‘yicha yakuniy qarorni «qonun va sudyalar ixtiyorida» qoldirdi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati