Tailandda musson yomg‘irlari oqibatida qurbonlar soni 22 kishiga yetdi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 3
- Формат: mp4
- Дата релиза: 26-08-2024, 20:02
Bangkok Post gazetasining Tabiiy ofatlarga javob berish va boshqarish departamentiga (DDPM) tayanib xabar berishicha, tabiiy ofatdan deyarli 30 ming xonadon jabr ko‘rgan.
Mintaqada qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.
Shimoldagi Chiang Ray, Nan, Phayao, Phetchabun va Phrae provinsiyalarida suv toshqini xavfi saqlanib qolmoqda.
Har yili iyun-sentyabr oylari orasida musson yomg‘irlari Janubiy Osiyoda keng ko‘lamli tabiiy ofatlar va baxtsiz hodisalarga sabab bo‘ladi.