Shimoliy Koreyalik stol tennischilar Olimpiadada janubliklar bilan selfi tushganda jilmaygani uchun jazolanishi mumkin
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 3
- Формат: mp4
- Дата релиза: 26-08-2024, 16:02
Shimoliy koreyalik Kim Kum Yong dushman mamlakatdan kelgan janubiy koreyalik sportchilar yonida suratga tushayotgan vaqt jilmaygani uchun tekshirilmoqda, deb xabar bermoqda Telegraph.
Ushbu sportchining sherigi Ri Jong-Sik shohsupadan tushganidan so‘ng Xitoylik oltin medal sohibi va Janubiy Koreyalik bronza medal egalari bilan birga vaqti tabassum qilgani uchun jazoga tortilishi mumkin, deb yozadi New York Post.
15 avgust kuni vataniga etib kelganidan beri Shimoliy Koreya jamoasi bir oy davomida «ifloslanish ta’siridan» «tozalash»dan o‘tmoqda, deya xabar beradi Daily NK.
Xabarlarga ko‘ra, bunday «tozalash» mamlakat sport vazirligi tomonidan uch bosqichli mafkuraviy baholash jarayoni bo‘lib, sportchilarni «nososialistik» madaniyatning ta’siridan xalos etishga qaratilgan.